Anons

“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli

E’lon qilingan sana· 23
“Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida 31-may-1-iyun kunlari Xalqaro opera va balet festivalining ochilishi munosabati bilan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektakli namoyish etiladi.

Mashhur nemis baletmeysteri Raul Raymondo Rebekning sahna asari YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy Xorazm raqsi — lazgisiga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston milliy baletining spektakli ilk bor 2021-yilda omma e’tiboriga havola etilgan. “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet sahnalashtiruvining ilk xalqaro namoyishi “Dubay Opera” sahnasida boʻlib oʻtib, keyinchalik spektakl Istanbul va Bursa (Turkiya), Dortmund (Germaniya), Parij (Fransiya), Sankt-Peterburg (Rossiya), Moskva (Rossiya) shaharlarida namoyish etilgan. Joriy yilda spektaklning ilk namoyishlari Pekindagi Xitoy milliy opera teatri sahnasida hamda Boku, Ozarbayjon davlat akademik musiqiy teatrida bo‘lib o‘tgandi.

Chipta narxi: 100 000 soʻmdan boshlanadi.
Xarid qilish.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ