Telegram’ga stikerlarni tahrirlash uchun qulay muharrir qo‘shildi

E’lon qilingan sana· 489
Telegram’ga stikerlarni tahrirlash uchun qulay muharrir qo‘shildi

Telegramni jamoasi messenjerga foydalanish uchun qulay boʻlgan stiker muharriri qo‘shilganini ma’lum qildi.

Endi har qanday surat asosida stiker yaratish mumkin. Unga Telegram’da mavjud bo‘lgan yozuv, chizma yoki har qanday animatsion stikerlar, smayliklar va GIF-larni qo‘shish mumkin. Fonni olib tashlashingiz va rasmdagi obyektni kesib olishingiz, fotosuratning bir qismini qoʻlda oʻchirishingiz yoki qayta tiklashingiz va kesilgan obyektga oq kontur qoʻshishingiz mumkin.

Muharrirdan foydalanish uchun stiker tanlash panelidagi “+” tugmasini bosish kerak. Yaratilgandan soʻng, stikerni yuborish yoki toʻplamga qoʻshish mumkin. Stikerlar toʻplami uchun nom tanlash va Telegram’da mavjud boʻlgan boshqa stikerlar toʻplamlariga qoʻshish mumkin. Tayyor toʻplamni baham koʻrish uchun chatda stikerlardan birini yuborish kerak.

Ma’lumot uchun, aprel oyida Telegram jamoasi yana 16 ta yangi funksiyani e’lon qilishga va’da bergan.

Telegram’ning aktual versiyasini sayt, Google Play yoki App Store orqali oʻrnatish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ