Afsonaviy "Boyka" Toshkentdagi ringda (foto,video)

E’lon qilingan sana· 428
Afsonaviy "Boyka" Toshkentdagi ringda (foto,video)

27-aprel kuni CAEx Uzbekistan koʻrgazmalar zalida Skot Edkins va jahon darajasidagi bokschilar ishtirokida sportdagi professional yoʻllar haqida ochiq ma’ruza boʻlib oʻtdi.

Tadbirda rossiyalik professional bokschi Sergey Kovalyov soʻzga chiqdi. Kovalyov kuchli zarbalari bilan tanilgan va boks boʻyicha yengil vazn toifasida sobiq WBO, IBF va WBA chempioni hisoblanadi. U oʻzining sportga kirib kelishi va oʻtkazgan janglari haqida hikoya qildi.

Bundan tashqari, oʻzbekistonlik professional bokchilar Isroil Madamirov va Murodjon Ahmadaliyev ham sahnaga taklif etildi.

Ular jangga tayyorgarlik koʻrish jarayonlari, undan keyingi dam olish va mashgʻulotlar haqida soʻzladi. Shuningdek, yoshlarga oʻz maslahatlarini berdi.

Shou soʻngida britaniyalik aktyor va jang san’ati ustasi, “Chegarasiz”, “Boyka” va “Ninza” kabi filmlardagi rollari bilan mashhur boʻlgan Skot Edkins ham soʻzga chiqib, yoshlarga motivatsiya berdi.

Tadbir davomida repperlar Konsta va Shohruh ham qoʻshiq kuyladi.

Ushbu tadbirdan tayyorlangan reportajning to‘liq variantini Afisha.uzning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin:

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Azizbek Xamrakulov
Fotosuratchi
Azizbek Xamrakulov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ