Toshkentda harbiy parad boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 725
Toshkentda harbiy parad boʻlib oʻtadi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentning asosiy ko‘chalari bo‘ylab tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tadi. Kortejlar vaqtida transport vositalari harakati to‘xtatiladi.

Harbiy boʻlinmalar “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) — Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi — “Chorsu” bozori — Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) — “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) — “Magic City” maydoni (Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlanadi.

“Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Harbiy qismlarning tantanali yurishlari 8-may kuni soat 14:00 da G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasida boshlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ