9-may oldidan: "Gʻalaba bogʻi" qanday koʻrinishda va u yerda nimalar bor? (foto)

E’lon qilingan sana· 907
9-may oldidan: "Gʻalaba bogʻi" qanday koʻrinishda va u yerda nimalar bor? (foto)

Ikkinchi jahon urushi yakunlangan hamda Oʻzbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlangan 9-may sanasi oldidan Toshkent shahridagi “Gʻalab bogʻi"ga tashrif buyuruvchilar soni ortadi.

9-may — Xotira va qadrlash kuni oldidan Afisha.uz “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi haqida ma’lumot beradi.

Kirish narxlari:

  • Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun:
    -bog' hududiga — 3000 soʻm;
    -muzeyga — 4000 soʻm.
  • Oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun:
    -bog' hududiga — 4000 soʻm;
    -muzeyga — 5000 soʻm.
  • Oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari va muddatli harbiy xizmatchilari uchun:
    -bog' hududiga — 4000 soʻm;
    -muzeyga — 5000 soʻm.
  • Oʻzbekiston Respublikasining aholisi, shu jumladan barcha toifadagi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar uchun:
    — bog' hududiga — 6000 soʻm
    — muzeyga — 8000 soʻm.

  • MDH mamlakatlari fuqarolari uchun (7 yoshgacha bolalar bepul, 18 yoshgacha ushbu chiptaning — 50% miqdorida):
     — bog' hududiga — 20 000 soʻm;
    — muzeyga — 30 000 soʻm.

  • Xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun:
    — 7 yoshgacha boʻlgan bolalar bepul;
    — 18 yoshgacha ushbu chiptaning — (50% miqdorida) — bog' hududiga — 30 000 soʻm, muzeyga — 50 000 soʻm.

Shuningdek, gid xizmatlari ham taklif etiladi. Bir gid xizmati narxi bogʻda 10 000 soʻmdan 50 000 soʻmgacha, muzeyda esa 20 000 soʻmdan 50 000 soʻmgacha etib belgilangan.

Fotosuratga va video tasvirga olish narxlari esa 40 000 soʻmdan 2 000 000 soʻmgacha hisoblanadi.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga maktabgacha yoshdagi bolalar (7 yoshgacha), mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlar oʻquvchilari, qariyalar, nogironlar, urush faxriylari (ularning kuzatib kelgan shaxslar), Oʻzbekiston Respublikasi pensionerlari (pensiya guvohnomasi asosida) uchun kirish bepul hisoblanadi.

Obyektlarga bepul kiritish tartibi:

  • respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha boʻlgan bolalar har yilning 2−8-sentabr kunlari oʻtkaziladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida;
  • respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha boʻlgan bolalar har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” doirasida;
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun haftaning har seshanba va juma kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga bepul kiritiladi.

Yuqoridagi imtiyozlar gid yoki ekskursovod, audiogid xizmatlarini oʻz ichiga olmaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ