Dam olish kunlari Toshkentda havo harorati +27° gacha ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 38
Dam olish kunlari Toshkentda havo harorati +27° gacha ko‘tariladi

O‘zgidrometning xabar berishicha , Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi.

Poytaxtda 26 va 27 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28-aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 27-aprel kuni baʼzi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi tumanlarda chang-toʻzonli qor yogʻishi mumkin. 26 va 27 aprelda kechasi havo harorati +12…+17°, 28-aprelda esa +10…+15° bo‘ladi. 26 aprelda kunduzi — +22…+27°, 27 va 28 aprelda — +20…+25 daraja boʻlishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. 26−27 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 28-aprel yogʻingarchiliksiz. Shamol sharqdan 7−12 m/s. 26 va 27 aprelda kechasi havo harorati +5…+10°, 28 aprelda esa 3…+8° bo‘ladi. Kunduzi — +9…+14 daraja boʻlishi kutilmoqda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ