"Jentlmencha boʻlmagan ishlar vazirligi" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 325
"Jentlmencha boʻlmagan ishlar vazirligi" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi

Oʻzbekiston kinoteatrlarida mashhur rejissyor Gay Richining “Jentlmencha boʻlmagan ishlar vazirligi” (Министерство неджентльменских дел) filmi oʻzbek tilida ham namoyish etiladi.

Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiladigan kinokartina Damien Lyuis asari asosida suratga olingan. Unda bosh rollarni Genri Kavil va Eysa Gonsales ijro etgan.

Film sinopsisi: 1942-yil, Buyuk Britaniya. Ular eng yaxshilarning eng yaxshisi. Yakka oʻzi harakat qilishga odatlangan sarguzashtchilar va birinchi darajali mutaxassislar. Ammo butun dunyo taqdiri xavf ostida boʻlgan vaqtda, ular oʻta maxfiy jangovar boʻlinma uchun birlashishga va fashistlarga qarshi missiyani boshlashga majbur boʻladi. Endi ularning ishi faqat urush. Ular buni mutlaqo jentlmenlarga oʻxshamagan holda olib borishadi.

Seanslar jadvalini Afisha.uz saytidan topishingiz, shuningdek, chiptalarni onlayn xarid qilishingiz mumkin.

Nojentelmencha ishlar vazirligi

Nojentelmencha ishlar vazirligi
Original nomi
The Ministry of Ungentlemanly Warfare
Janr
drama, jangari, harbiy, tarixiy
Vaqt
120 daqiqa / 2:0
Premyera
25-aprel 2024 (O‘zbekiston) / 19-aprel 2024 (Jahon) / 25-aprel 2024 (Rossiya)
Reyting
IMDB 7.3Kinopoisk 7.2
Yosh
  • 16+
Rejissyor
Gay Richi
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ