Hafta kinopremyeralari: 25-mart

E’lon qilingan sana· 139
Hafta kinopremyeralari: 25-mart

25-apreldan mamlakat kinoteatrlarida Gay Richining “Министерство неджентльменских дел”, “Yakshanba” oʻzbek filmi va boshqa yangi kinokartinalar namoyishi boshlandi.


“Министерство неджентльменских дел”

1942-yil, Buyuk Britaniya. Ular eng yaxshilarning eng yaxshisi. Yakka oʻzi harakat qilishga odatlangan sarguzashtchilar va birinchi darajali mutaxassislar. Ammo butun dunyo taqdiri xavf ostida boʻlgan vaqtda, ular oʻta maxfiy jangovar boʻlinma uchun birlashishga va fashistlarga qarshi missiyani boshlashga majbur boʻladi. Endi ularning ishi faqat urush. Ular buni mutlaqo jentlmenlarga oʻxshamagan holda olib borishadi.

Seanslar jadvali.


“Меч короля”

Daniya qiroli oʻzining eng yaxshi ritsarini yovvoyi yerlarni qoʻlga olish uchun yuboradi. Ammo u yerda, baland qal’alar devorlari ortida boshqa qonunlar hukm suradi. Mahalliy knyazlar qirolga itoat qilishga shoshilmayapti. Bu yerlarga kim hukmdorlik qilishini, kimlar esa abadiy qolib ketishini oʻzlari hal qiladi. Mojaroni otasi tomonidan mahalliy feodalga va’da qilingan goʻzal qiz yanada kuchaytirdi. Uni tashlab ketish, obroʻni yoʻqotish demakdir. Qutqarishga harakat esa oʻlimga oʻlimga tashlangan qadam. Ammo tajribali siyosatchi chekinadigan joyda haqiqiy ritsar qilichini chiqaradi.

Seanslar jadvali.


“Неожиданные связи”

Alisa va Fransua turmush qurishga qaror qildi. Yigit va qiz ota-onalarini tanishtirmoqchi. Uchrashuv munosabati bilan Alisa ota-onasiga ularning kelib chiqish sirini ochib beradigan DNK-testlar natijalarini beradi. Ammo syurpriz kutilmagan natijalar sabab fiasko keltirib chiqaradi.

Seanslar jadvali.


“Город тайн: Исчезнувшая”

Beshta korporotiv jamoa qurish uchun togʻlarga yoʻl oladi. Kvest paytida ulardan biri izsiz gʻoyib boʻladi va sayohatning boshqa ishtirokchilari aniq nimanidir yashirmoqda. Federal agent Aaron Folk mahalliy tergovga yordam berish uchun keladi. U masalani qanchalik chuqur oʻrgansa, shunchalik koʻp tushunchaga ega boʻladi. Sayohatchilarning har biri sodir boʻlgan voqea haqida oʻz versiyasini aytib beradi va mahalliy politsiya federal bu erda nima qilayotgani va yoʻqolgan ayol nima uchun gʻoyib boʻlishidan oldin unga qoʻngʻiroq qilgani mutlaqo tushunarsiz.

Seanslar jadvali.


“Приключения панды”

Pan ismli yosh, ammo jasur panda oʻzining eng yaqin doʻsti Szelun laqabli ajdahoni qutqarish uchun Afrikaga boradi. Uni ajoyib togʻlar, choʻllar va oʻrmonlar olamiga qiziqarli sayohat kutmoqda. Oʻzining aql-zakovati, mehribonligi va topqirligiga tayanib, mahalliy aholi orasida koʻplab yangi doʻstlar orttiradi, chunki jasoratning oʻlchovi yoʻq va haqiqiy doʻstlikka hech nima toʻsqinlik qilmaydi.

Seanslar jadvali.


“Суворовец 1944”

Suvorov maktabida bir yil oʻqiganidan soʻng, 13 yoshli Vovka Kulikov oʻzi tugʻilgan Sibir qishlogʻiga qaytadi. Bola otasi, kolxoz raisi frontga ketganini va bu orada qishloqda muammolar paydo boʻlganini biladi. Sirli qaroqchilar toʻdasi mahalliy aholini qoʻrqitishadi va oʻz ekinlarni o‘z vaqtida yigʻib olishga tahdid solmoqda. Vovka oʻz oilasi va doʻstlarini himoya qilishga qaror qiladi va qaroqchilar bilan toʻqnash keladi.

Seanslar jadvali.


“Yakshanba”

Bosh qahramonlar — chol va kampir. Ularning oʻz uyi va juda katta fermasi bor: qoʻylar, qovunzor, yozning issiq kechalarida ochiq havoda uxlaydigan katta hovli. Gʻamgin chol hayvonlarga gʻamxoʻrlik qiladi, kampir esa uy haqida qayg‘uradi. Ular an’anaviy hunarmandchilik orqali daromad olishadi — eski texnologiyadan foydalanib, o‘z qo‘ylarining junidan gilam to‘qishadi. Film har xil turdagi ko‘plab festivallarda g‘olib bo‘lganini ham e’tirof etish zarur.

Seanslar jadvali.


“Почему ты?”

Sevgi so‘roqsiz keladi. Koʻpincha kerakli odamga, kerakli shaklda, kerakli vaqtda bo‘lmaydi. Hammasi notoʻgʻri boshlansa va butun dunyo bunga qarshi boʻlsa, sof tuygʻular omon qolishi mumkinmi? Hamma narsadan voz kechish yoki taslim boʻlish? Yonish yoki omon qolish?

Seanslar jadvali.


“Астрал. Шепот мертвых”

Oʻrta maktab oʻquvchilari yangi kelgan Aleksni oʻziga juda yomon tarzda masxara qilishadi. U yagona najot sifatida oʻzi kabi yangi kelgan do‘sti Meggini koʻradi. “Yaxshi” kunlarning birida Aleks rejalashtirilmagan sirli seansda qatnashishga majbur boʻladi. Tez orada ishtirokchilar birin-ketin halok bo‘lishni boshlaydi. Voqealarning dahshatli tafsilotlari butun maktabni qoʻrquvda ushlab turadi va faqat Aleks va Meggi bezovtalangan arvohlarni toʻxtata oladi.

Seanslar jadvali.


Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ